Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 16-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ohangaronlik xotin-qizlarni partiyaviy loyihalarga keng jalb etishga kelishib olindi

16.09.2025
13

O‘zLiDePning “Farovon oila” hamda “Salomtalik sari” loyihalari doirasida Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasida navbatdagi tadbir tashkil etildi.
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulshana Xudoyorova trenerligida o‘tgan seminar-treningda asosiy e’tibor ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, ayniqsa, ajrim yoqasida turgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, xotin-qizlarning huquqiy bilimlarni mustahkamlash, huquqbuzarlikka moyilligi bor ayollar bilan yakka tartibda ish olib borish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashishi uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha taklif-tavsiyalar tinglandi.
Shuningdek, ularni oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikka yo‘naltirish bo‘yicha partiyaviy loyihalarga keng jalb etishga kelishib olindi.
Seminar-treningda xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?