Олмалиқдаги сайёр қабулда кўп қаватли уйнинг томи маҳаллий бюджет ҳисобидан таъмирлаб беришга келишиб олинди
Olmaliq shahrida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatlari ishtirok etishdi. Qabulda 120 nafardan ortiq fuqaro qatnashib, 60 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida uy-joy, kommunal xizmatlar va yo‘l infratuzilmasiga oid masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Bo‘ston” MFYda yashovchi Iroda Karamanovaning ko‘p qavatli uy tomidan suv o‘tishi bo‘yicha murojaati shahar Kengashi deputati B. Miralimov hamda shahar hokimi o‘rinbosari nazoratiga olinib, oy yakuniga qadar mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilandi.
Shuningdek, fuqarolar M. O‘razov va X. Joniqulov “Olmaliqsoy” ko‘chasi hamda “Murotali–Piskent–Qoraqo‘yli” avtomobil yo‘lining og‘ir yuk transportlari harakati sabab yomonlashgani yuzasidan murojaat qildi. Ushbu masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Atham Nazirqulov nazoratiga olinib, tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda uni davlat dasturiga kiritish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.