Oltinko‘ldagi sayyor qabulda 185 nafar fuqaro turli masalada murojaat qildi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Oltingko‘l tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda tumandagi 58 ta mahalladdan 185 nafardan ziyod aholi ishtirok etib, ijtimoiy yordam, tibbiyot, bandlik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qildi.
Murojaatlarning aksariyati bo‘yicha shu joyning o‘zida yechimlar topilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar mas’ullarga yo‘naltirildi.
Sayyor qabul doirasida ehtiyojmand fuqarolar va yoshlarga ham amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Jumladan, bir fuqaroga televizor, yana bir fuqaroga sanatoriy yo‘llanmasi, 5 nafar yoshga “Ibrat” kartasi, 5 nafar fuqaroga esa davolanish uchun bepul yo‘llanma-orderlar topshirildi.
Xalq bilan birga — muammoni eshitish, uning yechimini topish va amaliy yordam ko‘rsatish demakdir.