Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 27-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Oqqo‘rg‘onda yangi maktab qurildi

26.08.2026
66

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Oqqo‘rg‘on tumanida yangi, zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi.
Yangi binoning tantanali ochilish marosimda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya deputatlari, partiya faollari, mahalla aholisi, maktab o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda qayd etilganidek, Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Xalqobod” mahallasida joylashgan 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun zamonaviy o‘quv binosining barpo etilgani aholi uchun ayni muddao bo‘ldi. Ushbu xayrli ish O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilgan navbatdagi amaliy tashabbuslardan biridir.
Maktab uchun yangi bino qurish masalasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP deputati Viktor Pakning aholi bilan ochiq muloqoti davomida ko‘tarilgan edi. O‘shanda mahalla aholisi maktabni rekonstruksiya qilish va farzandlari uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratishda xalq vakilidan amaliy ko‘mak so‘ragan edi.
Oradan ko‘p o‘tmay umumiy qiymati 4 milliard so‘mni tashkil etgan qurilish ishlari boshlandi. Yangi bino Janubiy Koreyaning “Good Neighbours International” xalqaro yordam fondi ko‘magida bunyod etildi.
Tadbirda mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan yangi maktab binosi — farzandlarimiz kelajagiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?