Juma 02-May 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP delegatsiyasi Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro simpoziumda ishtirok etdi

01.05.2025
112

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi delegatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Nasizm ustidan qozonilgan g‘alabaning ahamiyati. BMTning shakllanish saboqlari” mavzusidagi xalqaro simpozium ishida ishtirok etib qaytishdi.

“Yedinaya Rossiya” siyosiy partiyasi sha’feligida tashkil etilgan va 29 mamlakat vakilldarini qamrab olgan ushbu anjumanda ikkinchi jaxon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning ahamiyati, qolaversa ushbu urushdan keyin shakllangan BMTning yuzaga kelish sabablari hamda unga turtki bergan omillar to‘g‘risida gap bordi. Tashkilotning o‘tgan davrda va bugungi kundagi ahamiyati, uni bugun zamon talablaridan kelib isloh qilish istiqbollari muhokamalar markazida bo‘ldi.

BMTning bugungi jahon siyosatidagi o‘rni borasida O‘zbekiston Respbulikasi o‘zining aniq qarashlariga ega. Qolaversa, hozirga kelib mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorligi mutlaqo yangi ko‘lam kasb etmoqda. Bunga O‘zbekiston va BMT hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar sonining qariyb 140taga yetganligi, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan o‘ndan ortiq maxsus rezolyusiyalar qabul qilinganligi va ko‘plab boshqa misollarni keltirib o‘tish mumkin.

Xalqaro simpoziumda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari B.Yakubov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, “Yedinaya Rossiya” partiyasi Bosh Kengashi tashabbusi bilan Moskvada bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasining ushbu partiya Bosh Kengashi kotibi V.V.Yakushev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki davlat yetakchi siyosiy partiyalari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?