O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi parlamenti faoliyati bilan tanishdi
ICAPPning 13-Bosh Assambleyasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi parlamentiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari parlament faoliyati, parlament tizimi va qonun ijodkorligi jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qonunchilik sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda xalqaro maydonda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratildi.