Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 21-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputati buloqboshilik tadbirkorlar dardini tingladi

20.02.2026
91

O'zLiDeP tashabbusi bilan Buloqoboshi tumanida “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddasxon Axmedova, mahalliy Kengash deputatlari, mutasaddi idoralar va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tadbirkorlar soliq yuki, kredit olishdagi qiyinchiliklar, yer ajratish, infratuzilma va eksport bilan bog‘liq muammolarni ochiq aytdi. Xususan, “To‘lan-Fayz” MCHJ rahbari yer maydonini kengaytirish masalasida amaliy yordam so‘radi. Mutaxassislar va deputatlar har bir murojaat bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berib, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish choralari belgilandi.

Forum tadbirkorlar uchun ochiq muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi. Bunday uchrashuvlar hududlarda ishbilarmonlik faolligini oshirishga turtki beradi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?