O‘zLiDeP deputati o‘zi o‘qigan maktabga kitob sovg‘a qildi
O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Hamidov o‘zi tahsil olgan Gʻijduvon tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Bir kunda ming kitob” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida O‘zLiDeP deputati maktab kutubxonasiga 200 dona kitob sovg‘a qildi.
Kitob — bilim va ma’rifat manbai, bilimli yoshlar esa mamlakatimiz kelajagining mustahkam tayanchidir, – deydi O‘zLiDeP deputati O.Hamidov. Shu bois partiyamiz ta’lim muassasalari kutubxonalarini boyitish, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish va ularda zamonaviy bilimlarni egallashga qiziqish uyg‘otishga alohida e’tibor qaratmoqda. Partiyamizning “Bir kunda ming kitob” aksiyasi ham kitobxon millatni shakllantirish, bilimli va keng dunyoqarashli yoshlarni tarbiyalash yo‘lidagi ezgu tashabbuslardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbir yakunida o‘quvchilarning mutolaaga qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘qituvchi-pedagoglarning fikr-mulohazalari tinglandi.