Asosiy kontentga o‘tish
Juma 07-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputati termitlarga qarshi kurashish uchun o‘tgan yilda ajratilgan 50 milliard so‘mning qanday sarflangani bo‘yicha hisobot so‘radi

06.08.2026
250

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatida respublikadagi 12 ta hududning 531 ta mahallasida, 15 mingdan ortiq xonadonda, shuningdek, tarixiy-madaniy ob’yektlar va qabristonlarda termitlar tarqalgani qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda ayrim fuqarolar zararkunanda hashorat hisoblangan - termitlarga qarshi kurashish uchun o‘z hisobidan 1,5 million so‘mdan 4 million so‘mgacha mablag‘ sarflayotgani, ammo bu choralar har doim ham samara bermayotgani aniqlangan.

Shu munosabat bilan O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi R. Mamutov Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Fanlar akademiyasiga deputatlik so‘rovi yuborib, sohadagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslangan axborot so‘ragan.

So‘rovda 2024–2026 yillarda termitlarga qarshi kurashish uchun ajratilgan mablag‘larning, jumladan, 2025 yilda ajratilgan 50 milliard so‘mning sarflanish holati, hududiy ishchi guruhlar faoliyati samaradorligi hamda termitlar tarqalishini kamaytirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar yuzasidan asoslangan javob taqdim etish so‘raldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?