Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 03-Noyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputatlari DXSH tizimidagi muammolarni o‘z nazoratiga oldi

03.11.2025
62

Qo‘qon universiteti Andijon filialida Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari va mahalliy Kengash deputatlaridan iborat ishchi guruh ishtirokida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) sohasiga oid amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda deputatlar, partiya faollari, tadbirkorlar va yoshlar ishtirok etib, bu tizimning iqtisodiy taraqqiyot va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida DXSH loyihalarini amalga oshirishdagi qator muammolar — huquqiy asoslarning to‘liq ishlamasligi, tashabbuslarning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanmasligi va mahalliy darajadagi muvofiqlashtirish yetishmasligi kabi masalalar ko‘tarildi. Deputatlar ushbu muammolarni o‘z nazoratlariga olishini, tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqishlarini ma’lum qildilar.

Tadbir yakunida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududlarda investisiya muhitini yaxshilash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. O‘zLiDeP fraksiyasi va mahalliy deputatlar bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishni o‘zlarining doimiy nazoratiga oldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?