Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 04-Noyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputatlari ishlab chiqarishdagi to‘siqlarni o‘rgandi: tadbirkorlar yechim kutmoqda

03.11.2025
28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Qoraqalpog‘istonning barcha tuman va shaharlarida tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ushbu tashriflarning maqsadi — iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlaridagi muammolarni joyida o‘rganish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqishdir.

Mo‘ynoq tumanida deputatlar “Mo‘ynoq mineral tuzi” va “Mo‘ynoq Agro tekstil” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muloqotlar chog‘ida ishlab chiqarish sohasidagi asosiy muammolar sifatida transport va logistika infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmagani, ayniqsa mahsulotlarni uzoq hududlarga yetkazishda yo‘llar sifatining pastligi sababli xarajatlar oshishi qayd etildi. Shuningdek, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar ish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani bildirildi.

Deputatlar bu kabi muammolarni tizimli hal etish uchun mahalliy yo‘llar va sanoat zonalari logistikasini yaxshilash, barqaror energiya ta’minotini ta’minlash hamda soliq va hisobot yuritish tizimini soddalashtirish yuzasidan qonunchilik tashabbuslari tayyorlashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ishchi guruhlar faoliyati natijalari asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, agrobiznesni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga doir amaliy takliflar ishlab chiqilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?