Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 03-Noyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP deputatlari tashabbusi bilan yosh kitobxonlar tanlovi o‘tkazildi

03.11.2025
40

Kitob — inson tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltiruvchi beqiyos boylik. Shu ma’noda, O‘zLiDeP faollari yosh avlodda kitobga muhabbat uyg‘otish, ularning ma’naviy kamolotini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, partiya tashabbusi bilan Qorako‘l tumanida “Poykent bilimdonlari” yosh kitobxonlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 13 ta maktabning 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Yakuniy bosqich 5-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Yoshlar asarlar mazmunini chuqur anglab, qahramonlar his-tuyg‘ularini tahlil etdilar, badiiy sahna ko‘rinishlari va she’rxonlik bilan o‘z bilimlarini namoyish etdilar. Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilarga O‘zLiDeP va ta’lim muassasalari tomonidan esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbirda deputatlar va partiya rahbarlari kitob mutolaasi yoshlarning ma’naviy yetukligi, bilim saviyasi va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, yoshlarni “kitobni do‘st qiling, bilimni yo‘ldosh qiling!” degan shior ostida bilim olishga chorladilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?