Asosiy kontentga o‘tish
Juma 31-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputatlik guruhi Xorazmda turistlar uchun yagona mobil ilova yaratish taklifini ilgari surdi

27.07.2026
142

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashida O‘zLiDeP deputatlik guruhi ishtirokida o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida viloyatda turizm sohasini rivojlantirish, turistik xizmatlar eksportini oshirish va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Eshituvda Xorazm viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan erishilgan natijalar, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan axborot taqdim etildi.
Ta’kidlanganidek, 2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatiga 8 million 593 ming 281 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Shundan 1 million 767 ming 832 nafari xorijiy, 6 million 825 ming 449 nafari mahalliy sayyohlar bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb ikki barobarga oshgan. Shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy turistik kompaniya bilan 500 ga yaqin hamkorlik kelishuvlari imzolanib, xalqaro turistik marshrutlarni kengaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Eshituvda Hazorasp tumanidagi “Sulaymon qal’a” majmuasini zamonaviy turizm maskaniga aylantirish, Urganch shahrida “Shovot” kanali bo‘ylab turistik va servis infratuzilmasini rivojlantirish loyihalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, turistlar uchun yagona mobil ilova yaratish, etnoqishloqlar va hunarmandlar markazlarini tashkil etish, xorijiy tillarni mukammal biladigan gidlar tayyorlash, xalqaro aviaqatnovlarni kengaytirish hamda “Night Tourism” dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Eshituv yakunida turizmni yanada rivojlantirish orqali investisiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, xizmatlar eksportini ko‘paytirish va Xorazmni Markaziy Osiyoning eng jozibador turistik yo‘nalishlaridan biriga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Turizm sohasidagi bunday tashabbuslar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy madaniy merosni asrash va mamlakatimizning xalqaro nufuzini yuksaltirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?