Asosiy kontentga o‘tish
Juma 06-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP yoshlar qanoti a’zolari Senat faoliyati bilan yaqindan tanishdi

04.03.2026
107

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan “Yoshlar qanoti” qoshidagi “Volontyorlar klubi” a’zolari uchun “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi. Unda 65 nafar faol yoshlar Senat faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Uchrashuv davomida talabalarga Senat qo‘mitalari faoliyati, yalpi majlislarni o‘tkazish tartibi, qonunlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi senator Malika Kadirxanova tomonidan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi tashabbuslar xususida atroflicha fikr bildirildi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqotda yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdi, ularni qiziqtirgan savollarga javob oldi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash va qonun ijodkorligida ularning ovozini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?