Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 13-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP faollari toza raqobat muhitini shakllantirish tashabbusini ilgari surdi

11.12.2025
72

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Korrupsiyasiz jamiyat sari” loyihasi doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamjihatlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va parlamentdagi fraksiya a’zolari, mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari, partiya faollari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va uning huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz rahbarligida sohaga oid huquqiy asoslar izchil mustahkamlanib, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflik, javobgarlik va hisobdorlik tamoyillari keng joriy etilmoqda. Har bir me’yoriy-huquqiy hujjat “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilayotgani, jamoatchilik nazorati instituti kuchaytirilayotgani alohida qayd etildi.

O‘zLiDeP korrupsiyaga qarshi kurashni nafaqat huquqiy, balki iqtisodiy va ma’naviy masala sifatida ko‘radi. Chunki korrupsiya erkin raqobatni cheklaydi, biznes muhitini zaiflashtiradi, investisiya jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois partiya “Korrupsiyasiz jamiyat sari” loyihasi orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, huquqiy madaniyatni oshirish, tadbirkorlikni himoya qilish, ochiq va adolatli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalari sifatida belgilagan.

O‘tgan davr mobaynida mamlakat bo‘ylab aholini, ayniqsa yosh avlodni korrupsiyaga murosasiz ruhda tarbiyalash maqsadida 10 mingga yaqin targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, 126 ta oliy ta’lim muassasasida 145 mingdan ortiq talaba ishtirokida tanlovlar tashkil etildi.

2025 yil 1 yanvardan ish boshlagan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi orqali hozirga qadar 11,5 mingdan ziyod davlat xizmatchisi, 1200 dan ortiq ichki nazorat xodimlari, korrupsiyaga qarshi kengash a’zolari va bir milliondan ziyod tarbiyalanuvchilar qamrab olindi.

O‘zLiDeP tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurarshish borasida belgilangan partiyaning chora-tadbirar rejasi asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, har oyda hududlarda prokuror va ichki ishlar boshliqlarining jamoatchilik oldida hisobot berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va shu vaqtga qadar 500 dan ortiq ochiq hisobotlar tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik ishtiroki va deputatlik nazorati kuchaytirilib, hamkor tashkilotlar bilan aniq rejalar ishlab chiqildi va 10 mingdan ziyod targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Davra suhbatida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaro, har bir rahbar, har bir tadbirkor va jamoatchilik vakilining bevosita mas’uliyati ekanini ta’kidladilar. Shu bilan birga, partiyaning Saylovoldi dasturida korrupsiyasiz iqtisodiy muhit yaratish, tadbirkorlar uchun toza raqobat sharoitlarini ta’minlash, davlat organlari faoliyatida ochiqlikni kuchaytirish yuzasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur loyihaning ahamiyati katta ekani qayd etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?