Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 26-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP ishchi guruhi Andijonda: tadbirkorlik va mahalladagi muammolar o‘rganilmoqda

25.03.2026
70

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatida o‘rganishlar olib boryapti.

Ishchi guruh dastlab Andijon shahridagi “DIROMM” MCHJ korxonasida bo‘lib, uning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Korxonada jinsi matodan erkaklar va ayollar uchun zamonaviy hamda sifatli kiyim-kechaklar tayyorlanayapti.

Tashrif davomida korxona rahbariyati va ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Ayniqsa, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hozirda mahsulotlar asosan Rossiya bozoriga eksport qilinayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ishchi guruh Andijon shahridagi “Temur Malik” mahalla fuqarolar yig‘inida ham bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, aholi bandligi, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish va hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?