O'zLiDeP Murojaatnoma mazmun-mohiyatini joylarda keng targ‘ib qilmoqda
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini partiya elektorati hamda keng jamoatchilik orasida chuqur anglatishga qaratilgan seminar va davra suhbatlari izchil ravishda tashkil etilmoqda.
Navbatdagi ana shunday tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida mahalliy Kengashlar deputatlari, tadbirkorlar va fermerlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida qatnashdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Murojaatnomasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi strategik dastur bo‘lib, u barcha darajadagi partiya tuzilmalari faoliyati uchun muhim dasturilamal sifatida xizmat qiladi.
Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar — mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiyotni texnologik va innovasion o‘sish modeliga o‘tkazish, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish, kasblarni rivojlantirish hamda mehnat bozorining yangi arxitekturasini shakllantirish kabi vazifalar O'zLiDePning saylovoldi dasturida belgilangan maqsadlar bilan uyg‘un va hamohang ekani alohida qayd etildi.
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tashkil etilgan davra suhbatida O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, mahalliy Kengash deputatlari, tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etdi.