Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 02-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP rahbari mahallada aholi daromadlarini oshirish ishlari bilan tanishdi

01.05.2026
75

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida partiya Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Sirdaryo tumanida bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Tashrif davomida hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, aholi daromadlarini oshirish va mavjud muammolar joyida o‘rganildi.

“Quyosh” mahalla fuqarolar yig‘inida kam ta’minlangan oilalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Har bir masala yuzasidan amaliy yechimlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Bu jarayon partiyaning xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lish va ularning muammolariga amaliy yechim topishga qaratilgan ishlarini namoyon etdi.

Shuningdek, mahallalardagi infratuzilma, bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham o‘rganildi. Mahalla “yettiligi” faoliyati tahlil qilinib, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘rganish davomida xonadonlarning tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad manbalari yaratish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?