O‘zLiDeP yoshlarning takliflarini qo‘llab-quvvatlaydi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida Namangan davlat texnika universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aktam Xaitov, partiya va mahalliy Kengash vakillari ishtirok etib, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim, bandlik va tadbirkorlik masalalari haqida fikr almashdilar.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikrini eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.