O'zLiDePda Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27 mart kuni O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitovning Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik, ochiq va ishonchli muloqotlarga asoslangan munosabatlar izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, siyosiy partiyalar va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash xalq manfaatlarini ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Elchi tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yaqinlashayotgani va 2030 yilgacha bu ko‘rsatkichni 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi.
Muloqot davomida O'zLiDeP va “Belaya Rus” partiyasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, xalqaro konferensiyalar va forumlarda o‘zaro ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tib, kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.