Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 16-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDePning bir qator tadbirkor a’zolari Prezident tomonidan mukofotlandi

18.08.2025
248

Davlatimiz rahbarining Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmoni qabul qilindi.

Ta’kidlash kerak, mazkur farmon mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishda salmoqli natijalarga erishayotgan tadbirkorlar uchun juda katta e’tirofdir.

Shuningdek, tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, investisiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishni yanada kengaytirish kabi yo‘nalishlarda muvafaqqiyatga erishgan tadbirkorlar safini yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholi bandligi va farovonligini ta’minlash yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani, shuningdek, o‘zining muhim ilmiy-amaliy ishlanmalari va innovasion loyihalari bilan biznes sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ishbilarmonlarning mehnatiga berilgan yuksak bahodir. Prezidentimizning farmoni bilan mukofotlanganlar orasida O'zLiDeP faollari ham borligi bizni yanada quvontirdi.

O'zLiDeP e’tirof va e’zoz topayotgan faol va tashabbuskor tadbirkorlarni bugungi yutuqlari bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lidagi ishlariga ulkan zafarlar tilaydi.

___

«Shuhrat» medali bilan

  1. Jalolov Elyorjon Madaminovich - Quva tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Farg‘ona viloyati
  2. Babakulova Yulduz Abdugaffarovna - Guliston tumanidagi «Yulduz Abdug‘afforovna» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
  3. Tuxtaniyazov Botirjon Muxtarovich - Toshkent tumanidagi «To‘xtaniyoz ota» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
  4. Xikmatov Furkat Shuxratovich - Parkent tumanidagi «Batu Export» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
  5. Xakimov Mirxayot Mirxamidovich - Angren shahridagi «National Ceramics» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
  6. Ilxomov Shuxrat Sharifovich - Qibray tumanidagi «Navruz International Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
  7. Xamidova Zarina Istamtoshevna - Nurota tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-kashtachi, Navoiy viloyati
  8. Abduraxmanov Ilxomjon Tursunovich- Paxtakor tumanidagi «Paxtakor Teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  9. Kosimov Sayot Salimovich- Kogon tumanidagi «Kogon Mars Plyus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati 
  10. Rajabov Botir Jo‘rayevich- Bandixon tumanidagi «Omad» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan

11. Ismoilov Abdulxoshim Mamasobirovich - Andijon tumanidagi «Ravon taraqqiyot orzusi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyat

12. Mamatdjanov Farxod Faxritdinovich - «Uztex» to‘qimachilik korxonalari guruhi direktorlar kengashi raisi

 «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan 

13. Artikxodjayev Jaxongir Abidovich - Toshkent shahridagi «Akfa Group» kompaniyalar guruhi asoschisi

«Do‘stlik» ordeni bilan

14. Maxmudov Murabit Adilxanovich- Zomin tumanidagi «Zomin Brewery» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi, Jizzax viloyati

 

Saytni yangi dizayni yoqdimi?