Payariqdagi sayyor qabulda 40 ta murojaat joyida yechim topdi
O'zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Samarqand viloyatining Payariq tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Unda partiya viloyat Kengashi raisi Ilhom Botirov, mahalliy deputatlar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, aholi murojaatlarini tingladi.
Qabul jarayonida 100 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Ular asosan kadastr, elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz ta’minoti va ijtimoiy yordam masalalariga oid bo‘lib, 40 dan ziyod murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, yosh mutaxassislarni hududlarga jalb etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini tezkor hal etish, odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.