Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 27-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Poykent bilimdonlari” taqdirlandi

26.05.2026
44

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturidagi “Bir kunda – 1000 kitob” aksiyasi doirasida Qorako‘l tumanida “Poykent bilimdonlari” kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Komiljon Ro‘ziyev tashabbusi bilan ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilar test va og‘zaki savollar orqali o‘z bilim va savodxonlik darajasini namoyon etdilar. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan badiiy asarlar asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, she’rlar o‘qildi hamda shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nigora Baxtiyorova, Farangiz Qodirova va Ruxshona Abdullayevalar 1-o‘rinni egalladi, mutloq g‘oliblik esa Diyorbek Tursunovga nasib etdi.

Gʻolib va faol ishtirokchilar pul mukofotlari, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bunday tanlovlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyosi va intellektual salohiyatini boyitishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?