Asosiy kontentga o‘tish
Juma 24-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Poytaxtimizda yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi

23.04.2026
27

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va Olmazor tuman Kengashi hamkorligida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Youth Sports Challenge” sport musobaqalari tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida o‘tkazilgan yugurish marafoni yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.

Marafonda 220 nafar “Volontyor yoshlar” faol ishtirok etib, o‘zlarining irodasi va matonatini namoyon etdilar. Musobaqa yakunida 6 nafar g‘olib yoshlar partiya sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi, shuningdek 56 nafar ishtirokchi sertifikat va esdalik sovg‘alariga sazovor bo‘ldi. Bu esa yoshlar orasida raqobat va intilish ruhini yanada oshirdi.

Mazkur sport tadbiri nafaqat jismoniy faollikni targ‘ib qildi, balki yoshlarni birlashtirib, ularning jamoaviy ruhini mustahkamladi. Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bunday tashabbuslar yurtimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?