Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 19-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Pulli yo‘llar iqtisodiy samaradorlik va investisiyalarni jalb etishning kafolotiga aylanadi

19.03.2026
53

Pulli avtomobil yo‘llarini joriy etish mamlakatimiz transport infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilayotgan muhim tashabbuslardan biridir. Bu yo‘nalish nafaqat yo‘llar sifatini yaxshilash, balki investisiyalarni jalb qilish, harakat xavfsizligini ta’minlash va transport oqimini samarali boshqarish imkonini beradi. O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan davra suhbatida soha mutaxassislari ushbu masalaning iqtisodiy va amaliy jihatlarini atroflicha muhokama qildilar.
Mamlakatimizda umumiy uzunligi 700 km ga yaqin bo‘lgan pulli avtomobil yo‘llarini barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, jumladan, Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon, Toshkent – Bo‘stonliq va Urganch – Xiva yo‘nalishlarida zamonaviy avtomagistrallar qurilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalar transport tizimini modernizatsiya qilish, hududlar o‘rtasidagi aloqadorlikni kuchaytirish hamda tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Natijada harakat tezligi oshishi, vaqt va transport xarajatlari qisqarishiga erishiladi.
Davra suhbatida pulli yo‘llarni joriy etishda ijtimoiy manfaatlar muvozanatini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Shuningdek, tariflarning adolatli belgilanishi, ehtiyojmand aholi qatlami uchun imtiyozlar yaratish kerakligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida pulli yo‘llar tizimini iqtisodiy samaradorlik kafolotiga aylantirish bo‘yicha tegishli taklif-tavsiyalar tinglandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?