Qalqamada aholi muammolari o‘rganildi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi va “Deputat mahallada” loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati Kengashi deputati M. Berdiqulova hamda Chiroqchi tuman Kengashi deputati F. Elmurodov Qalqama va Qo‘rg‘ontepa mahallalari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan uy-joy qurishda ko‘mak berish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash va transformatorlarni ta’mirlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Barcha murojaatlar deputatlar va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha murojaatlarni bosqichma-bosqich hal etish choralari belgilandi. Bunday muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.