Asosiy kontentga o‘tish
Juma 13-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qashqadaryolik fermerlarning muammolari deputatlar nazoratiga olindi

12.02.2026
93

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Qashqadaryolik fermerlar bilan uchrashdi.

“Fermerga huquqiy yordam” aksiyasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, kiberxavfsizlikni kuchaytirish, bank kreditlari bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.

Dastlab partiya raisi A.Xaitov fermer va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash O‘zLiDePning saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston fermerlari kengashi va O‘zLiDeP hamkorligida amalga oshirilayotgan tadbirlar fermerlarning huquqiy savodxonligini oshirish va muammolariga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etidi.

Muloqotda fermer va tadbirkorlar kredit olish va soliq yo‘nalishlarida o‘zlarini qiynayotgan muammolar haqida gapirishdi. Tadbirkorlarning muammolari deputatlar nazoratiga olindi va ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi idoralar bilan hamkorlik chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?