Qo‘qondagi sayyor qabulda 4 oilaga imtiyozli kredit olishga ko‘maklashildi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. 180 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashgan qabulda 58 ta masala muhokama qilinib, 26 tasiga shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi.
Sayyor qabul amaliy natijalari bilan ahamiyatli bo‘ldi. 1 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, 4 nafar yoshning bandligi ta’minlandi, 4 ta oilaga imtiyozli kredit olishda ko‘mak ko‘rsatildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazildi, tadbirkorlikni boshlash istagidagi yoshlarga imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
Bunday sayyor qabullar aholining dardiga quloq tutish, muammolarni joyida hal etish va fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ochiq muloqotlar xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlab, har bir murojaatning yechim topishiga xizmat qilmoqda.