Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 29-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qoraqalpog‘istonlik deputat maktabga 200 ta kitob sovg‘a qildi

29.04.2026
67

Nukus tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida “Bir kunda ming kitob” aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Alisher Djumanazarov tashabbusi bilan maktab kutubxonasiga 200 ga yaqin badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar taqdim etildi. Tanlangan adabiyotlar o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lib, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Bunday ma’rifiy tashabbuslar yoshlarni bilimli va keng dunyoqarashli etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu orqali jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlash va “Xalq bilan birga” tamoyilini amalda ta’minlashga erishilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?