Qo‘shrabotda tashabbuskor ayollar e’tirof etildi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Qo‘shrabot tumanida “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda 20 dan ortiq faol tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etib, o‘z biznes loyihalari, milliy hunarmandchilik va ishlab chiqarish mahsulotlarini namoyish etdilar.
Hakamlar ishtirokchilarni yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot sifati va bozorgirligi asosida baholadilar. Yakunda Norxol Yalg‘ashova 1-o‘rin, Ozoda Do‘smatova 2-o‘rin va Nafisa Hamdamova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Gʻoliblar o‘z faoliyati orqali mahalladagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, hunar o‘rgatish va milliy an’analarni saqlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
“Ishbilarmon ayol – 2026” tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.