Juma 02-May 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Rieltorlar tomonidan bildirilgan takliflar Parlamentda muhokama qilinadi

02.05.2025
66

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan “O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori va uning rivojlanish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama qilindi.

Tadbirda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Iqtisodiyot va moliya, Adliya vazirliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Rieltorlik tashkilotlari uyushmasi va Rieltorlik Gildiyasi vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida qonun loyihasining asosiy qoidalari, rieltorlik faoliyatini tartibga solishning amaliy jihatlari, rieltorlik sohasida kasbiy standartlarni joriy etish va bozor sub’yektlarining javobgarligi masalalari muhokama qilindi. Qonun loyihasining tegishli bandlari bo‘yicha muhokma qilingan takliflarni Parlament muhokamasiga kiritishga kelishib olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?