Asosiy kontentga o‘tish
Juma 15-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Sayyor qabul natijasi: “Sheyxon” MFYdagi 80 dan ziyod tungi chiroqlar yangilandi

15.05.2026
87

Buxoro shahrida O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul aholi dardini eshitish va muammolarga amaliy yechim topishning yana bir samarali namunasi bo‘ldi. “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda hokimlik, mutasaddi tashkilotlar, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollari ishtirok etib, 200 nafarga yaqin fuqaroning murojaati tingladi.

Qabul jarayonida ishsizlikni kamaytirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, jamoat transporti harakatini yaxshilash, mahallalarda piyodalar yo‘lakchalari, sport va bolalar maydonchalarini barpo etish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, “Sheyxon” MFYdagi 80 dan ziyod tungi chiroqlarni yangilash va “M.Tarobiy” hamda “Shirbudin” MFYlaridagi nuroniylar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etilishi aholida katta mamnunlik uyg‘otdi.

Sayyor qabul yakunida 50 dan ortiq murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha vaqt talab etadigan masalalar esa mas’ullar nazoratiga olindi. Bu kabi ochiq muloqotlar inson qadrini ulug‘lash, xalq ishonchini mustahkamlash va hududlardagi muammolarni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?