Startaplar va yoshlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi
Buxoro davlat universitetida O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida tadbirkorlar, yosh startapchilar va soha mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Nozir Ibragimov Samarqand tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Muloqotda tadbirkorlikni rivojlantirish, elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, yer, kadastr, logistika kabi yo‘nalishlarda uchrayotgan muammolar va ularning amaliy yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, universitet va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va qulay biznes muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.