Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tadbirkorlar kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirmoqda

16.07.2026
67

O'zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tadbirkorlarni raqamli tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi o‘tkazildi. Loyihaning asosiy maqsadi tadbirkorlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Loyiha davomida mutaxassislar fishing, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, soxta ovoz va videolar orqali amalga oshirilayotgan firibgarliklar haqida tushunchalar berib, bunday xavflarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Qatnashchilar axborotlarni ishonchli himoya qilish, raqamli madaniyatni yuksaltirish va zamonaviy texnologiyalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha fikr almashdilar. Bu kabi uchrashuvlar tadbirkorlarning raqamli savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, loyihada davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, kiberxavfsizlik bo‘yicha doimiy o‘quvlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida bir guruh tadbirkorlar O'zLiDeP a’zoligiga qabul qilindi.

Bugun raqamli iqtisodiyot sharoitida biznesni rivojlantirish uchun nafaqat yangi texnologiyalardan foydalanish, balki ulardan xavfsiz foydalanish ham muhimdir. Kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish va raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?