Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 08-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Inson salomatligi — eng ustuvor masala: Taxtako‘pirda fuqarolarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi

07.08.2026
88

Inson qadrini ulug‘lash va fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish maqsadida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Taxtako‘pir tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 100 ga yaqin fuqaro ijtimoiy himoya, tibbiy yordam, kommunal xizmatlar, kredit, kadastr, yo‘l infratuzilmasi va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildi. Har bir murojaat mas’ullar va deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqilib, amaliy choralar belgilandi.
Qabulda bir qator murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Xususan, uch nafar fuqaroga Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasida bepul davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun yo‘llanma berildi. Shuningdek, “Marjangul” mahallasida yashovchi Ko‘pjasarova Janil onaxonga nogironlik aravachasi topshirildi, uch nafar yoshga kontrakt to‘lovlari uchun vaucherlar ajratildi.
Bundan tashqari, uch nafar ehtiyojmand fuqaroga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berildi, ikki nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, besh nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashildi. Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?