Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 01-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Termizlik tadbirkorning transport va temiryo‘l bilan bog‘liq muammosi nazoratga olindi

27.02.2026
82

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Surxondaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashuvlari doirasida Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan «Olis-Osmon» xususiy korxonasi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. 2009 yilda tashkil etilgan korxona bugungi kunda qurilish sohasi uchun zarur pardozlash mahsulotlarini ishlab chiqarib, 46 nafar doimiy va 30 nafar mavsumiy ishchi-xodimni ish bilan ta’minlab kelmoqda.
O‘rganish davomida korxona rahbariyati tomonidan ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifatini ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa, mahsulotlarni Tojikiston Respublikasiga eksport qilinishi korxonaning xalqaro bozorda o‘z o‘rnini topayotganidan dalolatdir. Shuningdek, 2025 yilda o‘rnatilgan quyosh panellari orqali energiya mustaqilligi ta’minlanib, qo‘shimcha daromad manbai yaratilgani alohida e’tirof etildi.
Uchrashuvda tadbirkor tomonidan transport va temiryo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar ham ko‘tarildi. Aktam Xaitov mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlab, korxona faoliyatini yanada kengaytirish, eksport hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan qator taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?