Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 13-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Toyloqda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi

12.04.2026
106

O‘zLiDePning "Xalq bilan birga" dasturi doirasida Toyloq tumanida "Amir Temur hayoti va faoliyati bilimdoni" nomli tanlov tashkil etildi. Tadbir Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlanib, yoshlarda kitobxonlikni oshirish, tarixiy merosga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Unda tuman rahbarlari, partiya vakillari, deputatlar hamda jamoatchilik ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar bunday tanlovlar yoshlarning bilim va ma’naviyatini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Tanlov yakuniga ko‘ra: 1-o‘rinni Z. Esanboyeva, 2-o‘rinni D. Zoyirova hamda 3-o‘rinni M. Qobilovalar egalladi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?