Dushanba 09-Iyun 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlashmasida 42 ta bo‘sh ish o‘rni bor: deputatlar kadrlar yetishmovchiligidan tashvishda

21.05.2025
96

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti Xorazm viloyat bo‘limining axboroti tinglandi.
Yig‘ilishda Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlashmasida 42 nafar bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi va ushbu holat aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etib o‘tildi.

– Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlashmasida 42 ta vakant ish o‘rni bor, – deydi xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati Gulnora Matmuratova. – Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimiga vakant lavozimlarga malakali mutaxassislarni jalb qilish, tibbiyot xodimlari uchun munosib sharoit yaratish hamda kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif-tavsiyalarimizni berdik.

Boshqarma mas’ul xodimi muammoni bartaraf etish maqsadida hozirda bir qator choralar ko‘rilayotganligini ta’kidladi. Jumladan, oliy va o‘rta tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga jalb etish maqsadida ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash masalasida takliflar tayyorlanayoganini ma’lum qildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?