Asosiy kontentga o‘tish
Juma 27-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP ishchi guruhi Surxondaryoda aholi muammolari va iqtisodiy rivojlanish masalalarini o‘rganyapti

25.03.2026
94

O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiy qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashkil topgan ishchi guruh Surxondaryo viloyatida o‘rganish ishlarini boshladi.

Yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ustuvor vazifalar muhokama qilindi: davlat-xususiy sherikchilik, qishloq va suv xo‘jaligi samaradorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, turizm, hunarmandchilik, sanoat va qurilish, investisiyalar va mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tibbiyot va ta’lim sifatini oshirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Ishchi guruh barcha hududlarda tadbirkorlar, fermerlar va aholi bilan uchrashib, aniqlangan muammolar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni bartaraf etish choralarini belgilaydi.

Mazkur ishlar aholi muammolarini joyida hal qilish va hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?