Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 29-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Uchtepada sayyor qabul: 300 dan ortiq fuqaro ishtirok etdi

26.06.2026
55

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis va mahalliy Kengash deputatlari, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda 300 dan ortiq fuqaro qatnashdi. Kelib tushgan 150 ta murojaatning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ullarga topshirildi.

Qabuldan oldin deputatlar va partiya faollari 1000 dan ortiq xonadon holidan xabar olib, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz keksalarning muammolarini o‘rgandilar.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va xalq roziligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?