Dushanba 16-Iyun 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Umumiy manfaatlarga erishish yo‘lida hamkorlik qilamiz

20.05.2025
103

O‘zLiDeP va O‘zMTDP fraksiyalari “Taraqqiyot bloki”ni tashkil etish yuzasidan bitim imzolagan edi. Ushbu blok 93 nafar deputatni birlashtirib, parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi va yetakchi siyosiy kuchga aylanadi.

Ta’kidlash kerak, mazkur blok Prezidentimiz boshchiligida qisqa davrda mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish, ochiqlik siyosatini yuritish, mamlakat iqtisodiyoti va xalqaro nufuzini oshirish sohalarida tarixiy islohotlarni qat’iy davom ettirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ushbu blok xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, uni amalga oshirishga qaratilgan hukumat dasturini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, “Taraqqiyot bloki” O‘zLiDeP saylovoldi dasturida belgilangan qator vazifalar ijrosi uchun ham g‘oyat muhim institutdir. Xususan, milliy iqtisodiyotimizda davlat ishtirokini qisqartirish va eksport salohiyatini oshirish, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazish, har bir fuqaroning xususiy mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash, fuqarolarning iqtisodiy faoliyat erkinligini rag‘batlantirish orqali aholi turmush darajasini oshirish kabi yo‘nalishlarda 93 nafar deputatning ovozini birlashtirish g‘oyat muhimdir. Bundan tashqari, endilikda so‘z erkinligiga qarshi har qanday urinishlarga qarshi turish va mustaqil matbuot tizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, erkinlik va ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish, ta’lim sifatini oshirish va inson salohiyatini rivojlantirish, nodavlat ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish kabi yo‘nalishlarda ham 93 deputatning “bir yoqadan bosh” chiqaradi.

Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiy sug‘urtani joriy qilish, nodavlat tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish, soliq ma’murchiligi tizimini soddalashtirish, barcha tadbirkorlar uchun soliqni to‘lash borasida adolatli va teng sharoitlar yaratish, yo‘nalishlarida ham O‘zMTDP fraksiyasi bilan hamkorlikda ish olib boriladi.

O‘ylaymanki, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari ushbu blok orqali umumiy manfaatlarga erishish yo‘lida hamkorlikni yanada kuchaytiradi. Mazkur tashabbus milliy manfaatlarimizga xizmat qilib, mamlakatimizni yanada rivojlangan, qudratli, adolatli va zamonaviy davlatga aylantirishga xizmat qiladi.

Tuychi Yokubov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?