Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 11-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Xalq bilan birga” dasturi yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda

10.04.2026
93

Yoshlarning innovasion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini amaliyotga joriy etishga maqsadida Urganch shahrida joylashgan IT Park binosida “Xalq bilan birga” dasturi doirasida yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Shaydo Bekturdiyeva tomonidan taqdim etilgan “Visual Learn” loyihasi ta’lim sohasiga innovasion yondashuv sifatida ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu platforma orqali o‘quvchilar biologiya fanini o‘rganishda inson a’zolarini 3D formatda ko‘rib, ularning faoliyatini amalda tushunish imkoniga ega bo‘lishadi. Shuningdek, tarix fanidan ham yodgorliklar va topilmalarni virtual tarzda “jonli” ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Yana bir yosh ishtirokchi Nargiza Xusanbayeva tomonidan ilgari surilgan “Med Finder” loyihasi ham amaliy ahamiyati bilan ajralib turdi. Mazkur platforma orqali fuqarolar, ayniqsa, chekka hududlarda yashovchilar, o‘zlariga kerakli dori vositasini qaysi dorixonada borligini tez va oson aniqlashlari mumkin. Bu esa vaqtni tejash, ovoragarchiliklarni kamaytirish va aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Bunday aniq va hayotiy misollar “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasining samaradorligini yaqqol ko‘rsatdi. Yoshlar nafaqat g‘oya taklif qilmoqda, balki uni amaliyotga joriy etish, bozor talabiga moslashtirish va jamiyat muammolariga yechim topishga intilayotganini namoyon etmoqda. Bu esa “Xalq bilan birga” dasturi doirasida yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim qadam bo‘layotganini ko‘rsatadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?