Dushanba 09-Iyun 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xalqimizning energiyani tejab ishlatishga bo‘lgan rag‘bati iqtisodiy barqarorligimiz tomon qo‘yilgan navbatdagi qadamdir

04.06.2025
38

Aholimiz ijtimoiy norma joriy etilganidan so‘ng elektr energiyasini tejab ishlatishni boshlagan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘tkazgan tadqiqotda respublikamizning barcha hududlaridan 3,5 mingta uy xo‘jaliklari ishtirok etdi. Shuningdek, 3,5 million tabiiy gaz va 8 million elektr energiyasi abonentlarining iste’mol ma’lumotlari tahlil qilingan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2024 yil may-dekabr oylarida elektr energiyasi iste’moli 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd kVt/soatga (-10,6 foiz) qisqargan. Elektr energiya iste’molida eng sezilarli pasayish dastlabki iste’moli nisbatan yuqori bo‘lgan hududlarda, masalan, Samarqand, Toshkent, Andijon va Namangan viloyatlarida kuzatilgan.

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida ham bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov energetik tariflarning oshirilishi aholini tejamkorlikka undayotgani haqida gapirdi. Shuningdek, vazir tariflar past miqdorda oshganiga qaramay, ijtimoiy yordam ko‘zda tutilayotgani, daromadi 1 mln so‘mdan kam bo‘lgan oilalar, 200 kWh'dan tashqari 150 kWh elektr energiyasi iste’mol qilsa, 150 kWh uchun to‘lov kompensatsiya qilib berilishini ta’kidladi. Bu elektr tariflar ko‘tarilishi kambag‘al oilalarga ta’sir qilmasligini anglatadi.

Iste’molda ham iqtisodiyot tarmoqlarida ham energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishni joriy etish O‘zLiDeP saylovoldi dasturida o‘z aksini topgan. Partiyamiz energiya tajamkorligi va “Yashil energiya” manbalarini qo‘llab-quvvatlashni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining bosh omili deb biladi. Xalqimizning energiyani tejab ishlatishga bo‘lgan rag‘bati iqtisodiy barqarorligimiz tomon qo‘yilgan navbatdagi qadamdir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?