Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 22-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xiva shahrida 47 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

22.06.2026
124

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Salomatlik sari” loyihasi asosida Xiva shahrida bepul tibbiy ko‘riklar aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya davomida “Qiyot”, “Binokor” va “Gulirayhon” mahallalarida yashovchi 47 nafar xotin-qiz malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdi. Ular uchun UZI, mammografiya, qon tahlillari hamda onkolog va ginekolog ko‘riklari o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘riklar natijasida 8 nafar fuqaroga stasionar davolanish uchun yo‘llanma berildi, 16 nafar ishtirokchiga esa ambulator davolanish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Mazkur aksiya xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?