Xivada eng yaxshi ishbilarmon ayollar saralandi
Xiva shahrida O‘zLiDeP tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Tanlovda mahallalardan 17 nafar faol va tashabbuskor tadbirkor ayollar ishtirok etib, o‘z biznes loyihalari va mahsulotlarini taqdim etdilar.
Yakunlarga ko‘ra, “Farovon Khiva” mehmonxonasi rahbari Lola Mirzayeva 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, hunarmand Madina Iskandarova 2-o‘ringa, “Mirzaboshi atelye” rahbari Anjela Davletova esa 3-o‘ringa munosib deb topildi.
Tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qildi. Gʻolib va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.