Xivalik fuqarolarning 60 ta murojaati ko‘rib chiqildi
O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy loyihasi doirasida Xiva tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 120 dan ortiq fuqaro ishtirok etib, 60 dan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabul davomida bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar, imtiyozli kreditlar va elektr ta’minotiga oid masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, bir qator ehtiyojmand fuqarolarga maishiy texnika vositalari topshirildi, ayollar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.
Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularga tezkor yechim topish va odamlarni qiynayotgan masalalarni amaliy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. «Xalq bilan birga» tamoyili asosida olib borilayotgan bunday uchrashuvlar fuqarolarning davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.