Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 22-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xorazmda 200 ming xonadon qamrab olinadi

18.04.2026
97

O‘zLiDeP tomonidan ilgari surilgan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi Xorazm viloyatida ham amaliy harakatga aylanmoqda. Xiva shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda deputatlar, tadbirkorlar va partiya faollari ishtirokida dasturni joylarda samarali amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Dastur doirasida mahallalarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, 200 mingdan ortiq xonadonlarni qamrab olish, muammolarni joyida aniqlab, manzilli yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2 ta mobil shtab tashkil etilib, sayyor qabullar orqali masalalarni tezkor hal qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Eng muhimi, ushbu jarayonga tadbirkorlar ham faol jalb qilinib, aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari kengaymoqda. Umuman, “Xalq bilan birga” dasturi aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?