Asosiy kontentga o‘tish
Juma 30-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xorazmda BPT raislari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

30.10.2026
120

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislarining siyosiy bilimi va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quvlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi o‘quv - seminar O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari (BPT) raislari uchun “Zoom” platformasi orqali o‘tkazildi. Unda partiya faollarining siyosiy bilimlarini oshirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda partiyaning dasturiy maqsadlarini joylarda samarali amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Seminarda BPT raislarining siyosiy-huquqiy bilimlarini boyitish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash muhimligi ta’kidlandi. Urganch shahridagi “Shodlik” mahallasi BPT raisi Muqaddas Rahimovaning qayd etishicha, bunday o‘quvlar partiya faollarining mas’uliyatini oshirish, aholi bilan ishlash usullarini takomillashtirish va fuqarolarni qiynayotgan muammolarga yechim topishda muhim ahamiyatga ega.


Ishtirokchilar olingan bilim va tajribalarni kundalik faoliyatda qo‘llash, elektorat bilan aloqalarni mustahkamlash hamda partiya nufuzini oshirishga hissa qo‘shishlarini bildirdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?