Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 03-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xovosda sayyor qabul: 135 ta murojaatning 70 tasi joyida hal etildi

03.06.2026
101

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xovos tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Unda senator Pokiza Ahmedjanova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova, partiya va mahalliy hokimlik mutasaddilari ishtirok etib, aholi murojaatlarini tingladi.

Qabul davomida fuqarolardan 135 ta murojaat kelib tushdi. Ularning aksariyati tibbiyot, ta’lim, elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz ta’minoti, chiqindilarni olib chiqish va ijtimoiy yordam masalalariga oid bo‘ldi. Murojaatlarning 70 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, yosh mutaxassislarni hududga jalb qilish kabi muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Bunday sayyor qabullar odamlarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?