Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 23-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Yaxshilik marafoni” bolajonlarga quvonch ulashdi

22.06.2026
121

Namangan tumanida “Xalq bilan birga” dasturi doirasida “Yaxshilik marafoni” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Tadbir “Mehrli nurlar” kunduzgi parvarish xizmatida tarbiyalanayotgan bolajonlar ishtirokida o‘tkazildi. Deputatlar, partiya faollari va yoshlar bolalar holidan xabar olib, ular bilan samimiy muloqot qildi.

Aksiya davomida bolajonlarga turli sovg‘alar topshirilib, ularning quvonchiga sherik bo‘lindi. Tadbir mehr-oqibat va insonparvarlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bunday xayrli tashabbuslar ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash va inson qadrini ulug‘lashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?